Главная » 2009 » May » 3 » Ibn Sino uyqu haqida
11:29:37
Ibn Sino uyqu haqida
Uyqusi kelmaydigan kishiga sut iste'mol qilish yaxshi tadbirdir. Agar uyqudan avval yeyilgan ovqat hazm bo'lgandan keyin hammomga tushib, boshdan issiq suvni ko'p qiyulsa, shunday tadbir uhlash uchun yaxshi yordamchidir. Och qorin bilan uxlash yomon va quvvatni susaytiradi. (Qorin) to'qligi bilan va ovqat qorinning yuqori qismiidan tushishidan ilgari uxlash ham yomondir. Chunki bu holatda (uyqu) chuqur uyqu bo'lmaydi, balki bezovta uyqudir. Kunduzgi yuqu ham yomondir: u rutubatlardan bo'ladigan kasalliklarni va nazla kasalliklarini vujudga keltiradi, rangni buzadi, taloq kasalini paydo qiladi, asablarni bo'shashtiradi, kishini lanj qiladi, ishtahani pasaytiradi, shish va turli isitmalarga sabab bo'ladi. Yuqudagi holatlardan eng yaxshisi o'ng tomonni bosib, keyin chap tomonga aylanib yotishdir. Qorinni bosib yotish hazmga yaxshi yordam beradi. Chunki bunday yotish tug'ma issiqlikni to'plab va (gavda ichiga) qamalib ko'paytiradi. Chalqancha yotish uxlashning yomon shakli bo'lib, (kishining) sakta, falaj va bosinqirash kabi yomon kasalliklarga tayyorlaydi.
Категория: ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР! | Просмотров: 7453 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.7/18
Всего комментариев: 8
0  
8 salom   (2016-08-31 20:14:21) [Материал]
hatola ketipti uzr lugat yoqilib qogan sozlani ozicha togillab qoyuradi

0  
7 salom   (2016-08-31 20:12:32) [Материал]
assalomualaykum, manyam huddi wunaqa holat bogan, uhlashga qorqib qolgandim, hich kim yordam berolmadi,onam teppamda otirib duo oqib chiqardilar barbir bosinqirivurardim, nomoz oqiwwi bowlawim bn hammasi yakunlandi, yana maslahatim qowimcha valerianka,pustirnik ham ichib yuring Oybek, lekin man ichmagandim)) ozizga faqat oziz yordam berilisiz

0  
6 Халим   (2013-08-10 13:55:45) [Материал]
Ойбек сизни жин кийнаетган, мен худди шу ахволлни 4-5 йил олдин утказганман, Бирон муллага бориб жинга Карши укитиш керак, кейин тозаликка риоя килиш керак, . Намозни бир укиб Яна укимай колиш хам шу холатларга опкелади

0  
5 Bekzod   (2013-01-05 00:15:05) [Материал]
Assalomu alaykum hammaga. Menda to'satdan uyqusizlik holati yuz berdi, harakatim juda kam, balki shungami desam qariyb 2 oydan beri yaxshi uxlab kelardim. Buning sababi nima bo'lishi mumkin, maslahatlaringiz uchun oldindan rahmat.

0  
4 Oybekjon   (2012-08-21 22:15:40) [Материал]
Hammaga salom. Men o'zimda anchadan beri g'alati holatni kuzatib kelaman javobini bilmaman shuning uchun internetdan qidirib shu saytni topdim va holatni yozdim. Men uhlaganimda ko'zga ko'rinmas nimadir qattiq ushlab oladi ko'zimga ko'rinmaydi baqira, qimirlay va gapira ololmayman. Qattiq urunishdan so'ng sal terlagan holatda o'zimga kelaman. Bu holatda ko'zim ochiq bo'ladi atrofda nima bo'lmoqda va hatto ko'rib turaman, o'zimga kelgan zahoti xuddi uyg'ongandek bo'laman. Bu holat ancha yillardan beri qiynab keladi hatto uhlagani qo'rqib qolganman shu bois kunduzi ko'proq uhlayman kechasi kam uxlash uchun. Holat bir kechada bir necha bor yani uyg'onib yoki o'zimga kelib qolganimdan so'ng bir necha soniya o'tib takrorlanadi. MENGA NIMA BO'LMOQDA KIM BILADI ILTIMOS JAVOBINI YOZIB YUBORINGLAR.

0  
3 aleksey   (2012-05-12 23:44:18) [Материал]
salom.savolim bor:uhlaganim bilanoq bosinqirash holati kuzatilyapti.bu paytda men hamma narsani sezaman,lekin hech narsa qilomiman.qulog'imda kuchli shovqin turadi.talabaman.yoshim 22da.iltimos maslahat berila. Manga nima b6lyapti?

0  
2 helen   (2010-12-16 02:02:13) [Материал]
salom uyquchi döstim. biggrin manumcha siz aniq depression holati kechiryapsiz. (özingiz bilmagan holatda.) buni qörqinchli tarafi yoq. sizning siqintli kunlaringiz ötib ketgandan keyin, hammasi joyiga tushib ketadi. ilova:depression zamoni 1 oydan 6 oygacha davom etadi. bazi zamonlarda insonni özi bu holatda bölganligini farqiga bormaydi. bazi insonlarda esa aql hastaligigacha olib boradi.

0  
1 still   (2010-02-11 15:58:53) [Материал]
Assalomu alleykum menga maslahatlaringiz kerak,men ohirgi paytda juda ko`p uhlaydigan kech turadigan odat chiqardim u ham mayli uhlaganimdan keyin hech narsani sezmayman hato qo`limga igna kirgizishsa ham.Javoblaringizni shu saytda kutaman oldindan katta rahmat.

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |