Главная » 2009 » Aprel » 26 » T O L E ' N O M A
10:48:36
T O L E ' N O M A
QO‘Y (21.03—20.04) Mulohazali va samimiy bo‘lishga harakat qiling. Hafta davomida bo‘sh vaqtingizni bilimingizni oshirishga sarflang. Parishonxotirlik va tavakkalchilikka berilmang. Kasbiy faoliyatingizda fikr tarqoqligiga yo‘l qo‘ymang. Omadli kunlar — dushanba, seshanba. BUZOQ (21.04—21.05) Sevgi bobida antiqa uchrashuv kutmoqda. O‘z hayotingizni turli qiziqishlar bilan boyitish uchun juda qulay imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Har qanday vaziyatda oilaviy kengashsiz taqdiringizni o‘zingiz hal qilishga urinmang. Sizdan talab qilinadigani — xushmuomalalik va o‘ziga xoslik. Omadli kunlar — chorshanba, juma. EGIZAKLAR (22.05—21.06) Hafta moddiy chiqim bilan boshlansa-da, samarali tomoni sezilib turadi. Omadga erishmoqchi bo‘lsangiz, o‘ylagan rejalaringizni tezroq amalga oshirishga kirishing. Ichki sezgingiz bilan hisoblashishni unutmang. Omadli kunlar — dushanba, payshanba va juma. Ziddiyatli kun — yakshanba. QISQICHBAQA (22.06—22.07) Barcha yangiliklar sizni o‘ziga jalb qiladigan darajada bo‘ladi. Yulduzlar ushbu burj vakillaridan bu hafta ehtiyotkorlikni talab qilishmoqda. Ayrim kunlaringiz unumsiz bo‘lsa-da, yangi manbalarga erishishingiz uchun zamin yaratishga xizmat qiladi. Omadli kunlar – seshanba va payshanba. ARSLON (23.07—23.08) Bu hafta sizga omad kulib boqadi. O‘ylagan rejangizni amalga oshirishdan avval yaxshilab ko‘rib chiqsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Atrofingizdagi odamlarni o‘zingizga jalb qilasiz. Sevgi borasida ilohiy muhabbat qalbingizga tashrif buyurishi mumkin. Omadli kunlar — chorshanba, payshanba va juma. PARIZOD (24.08—23.09) Anchadan beri orzu qilgan insoningizni uchratasiz. Har qanday davrada so‘zlarga e’tiborli bo‘lishga harakat qiling. Shaxsiy masalalarni birinchi galdagi vazifaga aylantiring. Zahmatli mehnatingizning natijasini ko‘rasiz. Ishlaringizda jadal olg‘a siljish kuzatiladi. Omadli kunlar — seshanba, chorshanba va shanba. TAROZI (24.09— 23.10) Ishxonadagi muammolar sizni oiladagi vazifangizdan uzoqlashtiradi. Shunday bo‘lsa-da, o‘z vazifangizning uddasidan chiqishga harakat qiling. Sevgi bobida beqarorlik tufayli muammo chiqishi va shaxsiy hayotingizda katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Omadli kunlar — dushanba va juma. CHAYON (24.10 — 22.11) Hafta boshidan barcha eski mojarolarni unutib, yaxshi kayfiyatda ish boshlang. Muhabbat va shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Moliyaviy ahvolingiz tarang bo‘lsa-da, kayfiyatingizni tushirmang. Omadli kunlar — chorshanba, juma va yakshanba. O‘QOTAR (23.11—21.12) Ko‘zlagan ishingizni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizdagi odamlarga emas, qalbingizga quloq tuting. Ishongan insoningizga nisbatan mavhumlik sizni qiynasa-da, umidsizlikka tushmang. Oldinda sizni ulkan ishlar kutmoqda. Sabr-toqat bilan maqsadingiz sari intiling. Omadli kun — payshanba. TOG‘ ECHKISI (22.12—20.01) Sizni olis va omadli safar kutmoqda. Vaqt borida barcha ishlarni tartibga keltirib oling. Muhabbat bobida ham omad siz tarafda. Faolroq bo‘lish bilan birga yangi rejalarni ham oldindan tayyorlang. Omadli kunlar — payshanba va yakshanba. Og‘ir kunlar — chorshanba va shanba. QOVG‘A (21.01—19.02) Agar imkon topsangiz hafta boshida dam olganingiz ma’qul. Chunki asosiy daromadli ishlar hafta so‘ngiga yig‘ilgan. Har qanday ishni tashkil qilishga tayyor turishingiz kerak. Qulay vaziyatlardan foydalanishni uddalasangiz, omad siz tomonda bo‘ladi. Omadli kunlar — dushanba, payshanba. Og‘ir kunlar — seshanba va juma. BALIQ (20.02—20.03) Bu hafta tavakkal qilishga yo‘l qo‘ymang, shuningdek, ko‘nglingiz tortmagan ishga ham qo‘l urmang. Shaxsiy hayotda muhim qaror qabul qilishdan oldin yaqinlaringiz bilan maslahatlashing. Anchadan beri ta’qib qilib kelayotgan muammolar shu haftada ijobiy hal bo‘ladi. Omadli kunlar — juma va yakshanba. Ziddiyatli kunlar — dushanba va shanba.
Категория: МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ | Просмотров: 3650 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: