Главная » 2009 » Aprel » 20 » Ko’zlarga muhrlangan go’zallik
23:08:28
Ko’zlarga muhrlangan go’zallik
Ayolning jodu, sehrli ko’zlari, o’tli nigohlari qanchalab erkaklar yuragini larzaga keltirmagan, hayajonga solmagan deysiz. Qanchalar ta’rifu maqtovlar keltirilmagan bu ko’zlar haqida. Ayolning borki go’zalligi uning ko’zlarida jo bo’lgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shunday ekan, qalb ko’zgusi hisoblanmish ko’z parvarishi haqida ham unutmaylik.
Ko’z nafaqat qalb, balki inson salomatligining ham ko’zgusidir. Sog’lom insonlarning ko’zlari tiniq, tetik, hamisha chiroyli kulib, chaqnab turadi. Aksincha, uzoq vaqt televizor qarshisida o’tirish, to’yib uxlamaslik, ko’z nurini zo’riqtirish esa ko’z holatiga salbiy ta’sir etib, tabiiy nurni yo’qotishga, ko’zlarning so’lg’in bo’lib, qovoq terisining shishib, ajinlar bilan qoplanishiga olib keladi. Bunday ko’zlarga har qancha pardoz bo’yoqlari bilan oro berishga urinmaylik, baribir, uning so’lg’inligini yashira olmaymiz.

Ko’z va qovoq terisiga turli kompresslar juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bunday kompresslarni, sut, moychechak, jo’ka guli, yalpiz, petrushka, ukrop, bo’tako’z o’tlari damlamasidan tayyorlash mumkin. Paxta bo’lagi aytilgan biror damlamada xo’llanib, qovoq terisiga 5-10 daqiqaga qo’yiladi. Bu kompresslar ko’zlar yallig’lanib, qizarganda ham foydalidir. Yuzingizga niqob qo’yganingizda esa ko’z terisiga xom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib, yoki parrak qilib kesib qo’ying.

Ko’z qovoqlari shishgan bo’lsa, quyidagi aralashmani qo’llang: 2 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq maydalangan petrushka ko’kati aralashtiriladi va 20-30 daqiqaga ko’zga qo’yiladi. Quyidagi niqob ham qovoq terisidagi shishni qaytaradi: xom kartoshkani qirg’ichdan o’tkazib, unga 1 osh qoshiq xom sut va 1 choy qoshiq un qo’shiladi va 5-10 daqiqaga ko’zga qo’yiladi.

Ko’z vannasi – ko’zdagi charchoq va shamollashning oldini oladi. Ko’z vannasi uchun mo’ljallangan maxsus idish yoki piyolaga moychechak, petrushka, yalpiz yoki choy solinadi. Shuningdek, borat kislotasining bir fozili eritmasidan ham foydalanish mumkin. Ko’zingizni idish qiriga qo’yib, 8-10 marta ochib-yuming (bunda ko’zlaringiz piyoladagi suyuqlikka bevosita tegib turishi kerak). So’ng ko’z bilan bir necha marta aylanma harakatlar qilinadi. Muolajadan so’ng qovoq terisiga maxsus oziqlantiruvchi krem surting.
Qovoq terisi juda nozik, u oson cho’ziladi, bu esa barvaqt ajinlar tushishiga olib keladi. Shuning uchun ko’zga bo’yoq vositalari, krem surtayotgan vaqtda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Har kuni kechqurun ko’zlarga achchiq choy damlamasida namlangan paxta bo’lagini 10 daqiqaga qo’ysangiz, kun bo’yi toliqqan ko’zlar uchun juda foydali bo’ladi.

Yotishdan avval qosh, kipriklar bo’yoqlar tozalangach, ularga kichik cho’tka yordamida kanakunjut moyi surting. Bu ularning yaxshi o’sishi, oziqlanishi uchun sharoit yaratadi va to’kilishdan, ob-havoning nomaqbul ta’siridan himoya qiladi.

Категория: ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР! | Просмотров: 4759 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 2.4/10
Всего комментариев: 3
0  
3 husnorabonu   (2012-08-28 20:02:28) [Материал]
ko'zga tasiri yo'qmi maslahat uchun raxmat katta oldindan

0  
2 zarifa   (2011-12-09 06:55:06) [Материал]
meni ko'zlarimni atrofiga ajinlar tushayapti nima qilsam bo'ladi gap shundaki men chet eldaman ularni ajinga qarshi kosmetikasini foydasini sezmayapman nima qilishni bilmay qoldim menga maslaxat bering Koreyadaman yoshim 21da

0  
1 Abdurahmon   (2010-11-07 16:57:50) [Материал]
shu ayyollarni kozlariga 5 ketamande biggrin

Имя *:
Email *:
Код *:
WwW.Shaxrisabz.ucoz.ru Portali Barcha xuquqlar rezervlab qo'yilgan |