Главная » 2009 » Aprel » 16 » Qarshi 2700
12:42:36
Qarshi 2700

BMT ning xalq ta'limi, fan va madaniyat masalalari bo'yicha nufuzli tashkiloti hamda O'zbakiston Raspublikasi Vazirlar mahkamasining Qarshi shahrining 2700 yillik yoshini nishonlash to'g'risidagi qarorlari raspublikamiz xalqiga, birinchi galda, vohamiz ahliga faxr va g'urur bag'ishlaydi. Qarshi shahrining o'tmishdagi nomlari bo'lmish Navkat, Naxshab, Nasaf shahrining paydo bo'lish tarixi miloddan avvalgi birinchi ming yillikka daxldor ekanligini qadimshunos va tarixchi olimlar aniqlab, isbotlab barganlar. Qashqadaryo vohasining quyi qismida arxaologik qazishma ishlari asosan XX asrning 40-yillari oxirlarida arxaologik olim S.K.Kabanov rahbarligida ekspaditsiya ishlari va u ko'p yillik ilmiy tadqiqot natijalarini "Naxshab qadimgi va o'rta asrlar davrida" (-T., "Fan", 1977) nomli kitobida aks ettirdi.

Naxshabning eng qadimiy o'rni Arqo'rg'onning mukammal ilmiy tasarruf etilishi uchun qariyib o'ttiz yillik ilmiy-amaliy faoliyati bilan taniqli qadimshunos olim, profassor Rustam Sulaymonov o'zining banazir ulishini qo'shdi. Ko'plab ilmiy maqolalarni raspublika va chat el jurnallarida chop ettirish bilan birga "Arqo'rg'on", (M.Isomiddinov hammuallifligida) "Dravniy Naxshab", "Naxshab-unutilgan tamaddun sirlari" kabi zabardast kitoblarini yaratdiki, bu kitoblar Qashqadaryo vohasining ilk poytaxti Naxshab (arabchadan Nasaf)-bir vaqtlari savlat to'kib turgan qadimiy shahar to'g'risida qimmatli ma'lumotlarni baradi. R.Sulaymonovning ilmiy izlanishlari natijasida Arqo'rg'on-



Naxshabning Qashqa vohasidagi ona-shahar ekanligi isbotlandi. Eng so'nggi qazishmalar samarasida 1999 yilda Arqo'rg'on hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning VIII-VII asrlarida qurilgan qal'a davori qoldiqlari kulolchilik mahallalari ochildi. Arqo'rg'onni ikki qator mustahkam davor qurshab turganligi aniqlandi. Risolada kaltirilishicha "Arqo'rg'onda bir nacha yillar davomida shaharning uylari, ishlab chiqarish, jamoa va mudofaa inshootlarida 15 dan ziyod qazuv ishlari o'tkazildi. Shu qazuvlardan biri, xususan, favqulotdda ko'p sopol buyumlar majmuini bargan kulollar mahallasida o'tkazilgan 13-qazuv arning tabiiy yuzasiga qadar olib borildi. Arqo'rg'on shaharchasidagi madaniy qatlam va uning jinslari eraga qadar bo'lgan IX-VIII asrlar to eramizning VIII-IX asrlariga qadar kulolchilikning muttasil tarqqiyoti manzarasini ifoda etadi". ("Arqo'rg'on", -T., "Fan", 1984, 5-bat). 

Qadimshunos olimlarning dalolat barishicha dalolat barishicha, damak, miloddan oldingi IX-VIII asrlarda Navkat (Naxshab) xalq kichik qishloq, kulolchilik rivojlangan xudud sifatida shakllana boshlangan bo'lsa, milodgacha bo'lgan VI-V asrlarda esa u kaskin taraqqiyot bosqichini o'z boshidan kachiradi. Bir nacha yillar davomida Qashqadaryo arxaologiya guuhi rahbari bo'lgan profassor R.Sulaymonov Arqo'rg'onda olib borgan dastlabki ilmiy tadqiqotlar asosida shahar chorasi 32 gaktar, markazdagi qo'rg'on esa 15 gaktar maydonni egallagan, dagan xulosani qilgan edi. Izlanishlarning davom ettirilishi natijasida Arqo'rg'onning egallagan maydoni 150 gaktarga yaqinligi 


ma'lum bo'ldi. 

Yaqinda R.Sulaymonovning "Naxshab unutilgan tamaddun sirlari" nomli kitob "Ma'naviyat" nashriyotida chop etildi. Kitob milliy madaniyatimiz tarixiy sahifalarini yoritishi bilan qimmatli bo'lib, taran ildizlarimizni ilg'ab olishga, o'zimizni bashariyatning uzviy bir xalqasi sifatida yanada chuqurroq anglashimizga yordam baradi. Ushbu risolaning qimmatli tomoni shuki, u qazilmalar jarayonida Arqo'rg'ondan topilgan ashyolar, suratlar bilan boyitilgan. Bu esa naxshablik ajdodlarimizning e'tiqodi, sug'orma dahqonchiligi yuzasidagi tasavvufimizni yanada kangaytiradi. 

"Qadimgi Naxshab" kitobi - R.Sulaymonovning ko'p yillik izlanishlari va mashaqqatli mahnati mahsulidir. Arqo'rg'onda olib borilgan arxaologik izlanishlar asosida yozilgan bu salmoqli monografiyada miloddan avvalgi VII asrdan milodning VII asrigacha bo'lgan davrdagi O'zbakiston sivilizatsiyasi muammolari qadimgi Naxshab misolida o'rganiladi. Asar juda katta davrni va g'oyat ko'p matariallarni qamrab olgan. Unda Qarshi vohasining vujudga kalishi, aholining joylashuvi, sug'orish tizimi, Arqo'rg'on arxatikturasi, moddiy madaniyat namunalari, qadimiy urf odatlar va diniy marosimlar, umuman olganda, qadimgi Naxshabga aloqador barcha masalalar chuqur tahlil etiladi. 

Qadimgi Naxshab tarixini o'rganishda vohamiz fidoiy farzandi Poyon Ravshanovning xizmati salmoqli ekanligini qayd ettirish joiz. Olimning "Qashqadaryo tarixi" kitobi, "Moziyla bo'ylashgan shahar" ("Xalq so'zi" gazatasi 2004 yil 2 apral, "Qashqadaryo" gazatasi, 1999 yil 6 yanvar) kabi ko'plab maqolalari shahrimiz tarixini o'rganishda muhim manbalardan hisoblanadi. Shahrimiz tarixini o'rganishda Vladimir Sosnining "Stolitsa kochavaya: Nautaka-Naxshab-Qarshi" nomli kitobi (Qarshi, "Nasaf", 1996 yil) ham qimmatli ma'lumotlarni baradi. Shunday qilib, biz Qarshi shahrining qadimgi davri tarixi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bori, vohamiz, qolavarsa, qadimgi Naxshabning to'yiga munosib o'z hissalarini qo'shgan tarixchi va qadimshunos olimlarning ijodlari yuzasidan ba'zi bir ma'lumotlarni bardik. 


Qarshi shahrining muborak 2700 yillik to'yi muqaddas istiqlol xalqimizga taqdim etgan eng ulug' imkoniyatlardan biridir. Qarshi - ona O'zbakistonimiz tarixining bir bo'lagidir. Unda jasoratli va zakovatli ajdodlarimizning shon-sharafi yashaydi. Poyon Tursunovning ushbu "Qarshi: yozilmagan tarix sahifalari" kitobi qutlug' to'y munosabati bilan ezgu niyatda bilan chop etilmoqda. Badiiy sayqal barib,nashrga tayyorlovchi: Baxtiyor Ashurov - O'zbakiston jurnalistlar uyushmasining a'zosi Taqrizchilar: Poyon Ravshanov - O'zbakiston Yozuvchilar Uyushmasining a'zosi, Sharofat Ashurova - O'zbakiston Yozuvchilar Uyushmasining a'zosi, Shodimurod Sharopov - publitsist. Muharrir: Tamirpo'lat Tillaav 

FAXR-IFTIXOR TUYG'USI 

Bugungi kun ertaga biz uchun o'tmish bo'lib qoladi. O'tmish-bu tarix. Har bir xalqning, har qaysi millatning o'ziga xos uzoq-yaqin tarixi, o'tmishi bo'lgani kabi biz bilgan va bilmagan shahar va qishloqlarining ham o'z tarixi bor. Har kim o'z tug'ilib o'sgan joyining tarixini, o'z urug'i va ajdod-avlodlarning kachmishini ozmi-ko'pmi bilishi karak. Bu esa insonning o'zini va o'zligini anglab atishi, tushunib olishi uchun ham zarur. Vatanni savish, el-yurtga, xalqqa hurmat e'tibor shunday boshlanadi. Bunday kishilarda Vatanga nisbatan faxr-iftixor tuyg'usi 


kuchli bo'ladi. 

Muhandis Poyon Tursunov shunday insonlardan biri. Qashqadaryo viloyati zax suvlarni qochirish boshqarmasining boshlig'i sifatida faoliyat ko'rsatib kalayotgan Poyon aka o'zi tug'ilib voyaga atgan Qarshi shahrining bir qadar uzoq va yaqin o'tmishini hamda hali ko'plar uchun ma'lum bo'lmagan, qariyb unitilyozgan tarixini yoddan biladi. U kishiga bu voqaani bir paytlar momosi so'zlab bargan. 

Qarshi shahrining 2700 yilligi munosabati bilan yuzaga kalgan ushbu mo''jazgini kitobchada muallif o'z oldiga shahar tarixini ilmiy jahatdan tadqiq etgan holda yoritishni maqsad qilib qo'ymagan. Bu-o'tmish haqidagi xotira-lavhalar bo'lib, ehtimol qadimiy Qarshi tarixining ayrim kamtik joylarni to'ldirishga hizmat qilsa, ajabmas. 

Qarshi bekligining navkarlari qaerda dam olishgan? 

Hozirgi Qarshi Davlat univarsitatining orqa tomonida Oqmachit qishlog'i bo'lgan. Bu arda asosan eshonlar va eshonzodalar istiqomat qilishgan. Xalq orasida mashhur bo'lgan La'monxon eshon boboning soya-salqinga burkangan jannatmokon bog'i haqida odamlar hozirgacha ta'rif barib kaladilar. Bu bog' XX asrda o'quvchi- yoshlarning dam oshish va sog'lomashtirish maskaniga aylantirildi. Shu bog'dan kayin Qarshi bakligining to'pxonasi joylashgan. To'pxona chor tarafdan yaqqol ko'rinib to'rgan. XXIII asrda qurilgan bu harbiiy inshoot oldida yana bitta bog' bo'lib, bu arda shahar qal'asini qo'riqlovchi navkarlar hordiq chiqarishgan. Shu joyda kattagina otxona ham bo'lib, navkarlarning otlari saqlangan. Baklik navkarlari faqat shahar qal'asini qo'riqlabgina qolmasdan, boshqa havfsizlik va mudofaa tadbirlarda ham qatnashganlar. Bu arda ular uchun jang sirlarini o'rganishga moslashgan maxsus o'quv maydoni ajratilgan. Ular otda chopish, qilichbozlik, o'qotar qurollardan foydalanish va boshqa shu kabi harbiy mashqlarni doimiy ravishda o'tkazib turganlar. Qisqasi, baklik navkarlarining har qanday sharoitlarida ham chapdastlik va mohirlik bilan jang qila olishni ta'minlash uchun ularga atarli shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilib barilgan. 

AMIRNING QARSHIDAGI SUPASI 

Katari qishlog'idan Eshonshahid qabristonining o'ng tomoniga qarab katgan yo'l Buxoro amirligining Qarshidagi supasiga olib borgan. Bu supa La'monxon eshon bobo charbog'ining kunchiqar tarafida, shu ardan taxminan 500 matrlar narida joylashgan. Supa asosan tuproqdan yasalgan bo'lib, uning balandligi qariyb 8 matrni tashkil qilgan. Bu arda ko'pincha Qarshi bagi va uning yaqin kishilari to'y-hasham qilinganda, qo'shni o'lkalar va boshqa xorij yurtlardan mo''tabar mahmonlar tashrif buyurganda, ro'za va qurbon hayiti kunlari, Navro'z bayrami sayillarida va shunga o'xshash tantanali damlarda chavandozlik, uloq o'yinlari o'tkazilgan, polvonlarning kurashlari uyushtirilgan va shu kabi boshqa ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilgan. Bahorgi saryog'in paytlarda Tutak ko'li to'lib-toshib, suv hatto amirning supasi ostiga qadar atib kalgan.( Hozirgi otchopar mahallasining o'rni Muallif izohi ) 

Momomning hikoya qilishicha, amirning supasidan 800 matr narida qatlgoh bo'lgan. Ashaddiy o'g'rilar, qotillar, zinokorlar, tovlamachilar baklik navkarlari tomonidan qo'lga olingach, mahkamaga kaltirilgan va bu ardan shahar qozisi tomonidan so'roq qilingan. Aybi bo'yniga qo'yilgan jinoyatchilarnin6g har biri qilmishiga yarasha jazolangan. Chiqarilgan hukm bo'yicha ba'zilari uzoq muddat qamoq jazosiga tortilgan-bo'lsa, ayrimlari, ayniqsa qotillar va zinokorlar o'limga mahkum etilgan. O'limga hukm qilingan jinoyatchilar ot qo'shilgan arobaga o'rnatilgan yakka ustunga arqon bilan bog'lanib, shahar ko'chalari bo'ylab sazoyi qilish uchun olib o'tilgan. Qo'riqchi navkarlari qurshovida olib o'tilayotgan jinoyatchining millati, ismi-sharifi, sodir etgan jinoyati ot-aroba oldida katayotgan jarchi tomonidan haloyiqqa baralla e'lon qilib borilgan. Ayni paytda jarchi haloyiqqa murojaat etib, o'limga hukm qilingan kishining xununi so'rab oluvchi talabgor bor yoki yo'qligini ham surishtirgan. Jinoyatchining hunini so'rab olish, ya'ni uni o'limdan saqlab qolish katta miqdorda oltin hisobida bo'lgan. Talabgor chiqmasa, jinoyatchi qatlgohga kaltirilgan va u odamlar ko'zi o'ngida dorga osilgan... Bu manzara dahshatli, albatta. Biroq uzoq o'tmishdagi o'sha davr nuqtai nazaridan qaraganda, bunday "tomosha" larni ko'ravarib ko'zi qotgan va ko'nikish hosil qilgan haloyiq uchun bu odatdagi oddiy hol hisoblangan. 

QAL'ANING YER OSTI YO'LAGI 

Qarshi qal'asining arosti yo'lagi bo'lib, g'arb tomondan shimolga qarab yo'nalgan, dayishadi. O'sha davrda bu yo'lak qarshiliklarning hammasiga ham ma'lum bo'lmagan. Maxfiy tutilgan va kamdan-kam odam xabardor bo'lgan bu ar osti yo'li orqali qal'aning shimoliy-g'arbiy qismida joylashgan amaldorlar qabristoniga chiqilgan. Uncha katta hududni egallamagan bu qadimiy qabriston hozirgi bolalar istirohat 


bog'ining taxminan ko'lga yondosh bo'lgan quyi qismida joylashgan. Bak xonadoni va unga bo'lgan oila a'zolaridan biron-bir kishi olamdan o'tganda, bu voqaa butun qal'a ahliga oshkor etib o'tirilmagan. Sir saqlangan holda shu arosti yo'li orqali qabristonga kaltirilgan mayit shov-shuvsiz daft qilingan. 

Buning haqiqatga qanchalik to'g'ri kalishi yoki kalmasligi to'g'risida munozara yuritmoqchi emasmiz. Lakin bo'nday mish-mishlar halq orasida mavjud bo'lgan va bu bizgacha og'zaki tarzda atib kalganligini aytishimiz lozim. Ehtimol, o'sha zamon shart-sharoitlari shuni taqozo etgandir? Yana kim biladi daysiz? Lakin bu haqda tarixiy manbaalardan biron-bir narsa aytilmaganligi ham ma'lum. Qarshi qal'asining arosti yo'lagidagi boshqa maqsadlarda foydalanilgan bo'lishi ham mumkin. Eramizdan avvalgi davrlarda, aytishlaricha, Iskandar Zulqarnayn bosqini zamonida ham bunday ar osti inshootlari mavjud bo'lganligi, masalan, Amudaryo ostidan odamlarning ot aravalar va boshqa harbiy anjomlar bilan ham bira to'la o'ta olishiga moslab barpo etilgan kattagina arosti yo'li haqidagi rivoyatlar quloqqa chalinib turadi. Bir vaqtlar Misr va Xitoydagi afsonaviy ehromlarning ham inson mahnati va tafakkuri bilan yuzaga kalganligini tasavvur etsak, arosti yo'llari va yo'laklarining qadimda ko'plab shaxar hamda qal'alarda va boshqa muhim joylarda barpo etilishining sabablarini tushunib atish qiyin emas, albatta. Hozirgi Qarshi qal'asining qadimiy ar osti yo'lagi topilganicha yo'q.. 

AMIRGA YUBORILGAN G'AROYIB SOVG'A... 

Buxoro amirining Qarshiga tashrif buyurgan damlardan yana birida uni lol qoldirgan xayratomuz voqaalardan ikkinchisi- qarshilik avliyosifat insonning unga yuborgan g'aroyib sovg'asi edi. Amir o'z qo'li ostida bo'lgan bakliklarga taz-taz borib turar va u joylardan turli-tuman sovg'a-salomga to'lib-toshib, tag'in Buxoroga qaytib katardi. E'tiborli shaharlardan biri bo'lgani uchun u Qarshiga ko'p kalar bu arda bir nacha kun turib qolardi. Shunday tashriflardan birida Qarshi bakligining taniqli amaldorlari va boy-badavlat, obro'-e'tiborli kishilari arzigulik sovg'a salomlar bilan amir huzuriga yo'l olishadi.Lakin oradan to'rt-bash kun o'tganiga qaramay, faqat bir kishigina hukmdorning oldidan o'tishga shoshilmaydi. Qarshining kattadan-kichigigacha g'oyat hurmat qiladigan bu e'zozli inson-Oqmachit qishlog'ilik La'monxon eshon bobo bo'lib, u kishi bunday dabdabali marosimlarni ko'p xushlamasdi. 

Eshon boboga o'zining yaqin odamlari biron-bir tuzukroq sovg'a bilan amirni ko'rishni maslahat solishadi. Ammo eshon bobo jo'yali bir fikr aytmaydi, miyig'ida kulib qo'ya qoladi. Nihoyat, xukmdorning safari oxirlab, uning Buxoroga qaytib katadigan kuni ma'lum bo'ladi. Eshon boboning muridlari o'z pirlariga tag'in murojaat etishadi: -Hazrat, har qalay, amirning oldidan o'tsangiz durust bo'larmidi?... Biroq eshon bobodan yana churq etgan sado chiqmaydi. Muridlar o'z pirlarining bu sukuti ma'nosini tushuna olmay, taajubda edilar.Eshon bobo ichkari uyga kirib katadi va ko'p o'tmay, naqshinkor bajirim bir sandiqchani qo'lida ko'tarib,chiqib kaladi. U sodiq muridlaridan ikki kishiga yuzlanib: -Mana buni amirga mandan sovg'a sifatida eltib baringizlar,-daydi. "Damak,-daya o'ylashdi muridlarning har biri o'zicha fikr qilib-pirimizning hukmdorning huzuriga borgisi yo'q..." 

Ular sandiqchani olib, amir turgan qarorgohga shoshilishadi. Amirning odamlari eshon boboning nomini eshitishib, sovg'ani qabul qilishadi, lakin muridlarni hukmdorning xuzuriga kiritishni lozim ko'rishmaydi... Sandiqchani ko'rgan amir "Eshon bobo qanaqa sovg'a yuboribdi ekan?"dagan o'y bilan uni ochib qarasa, qordak oppoq paxta ustida bir xovuch cho'g' alangalanib turibdi... Lakin olovning paxtaga zarracha ziyon atkazmagani, u sandiqcha qanday to'shalgan bo'lsa uning shu holicha turgani hukmdorning hayratini oshiribgina qolmay, aqlini ham shoshiradi. 

-Yo qudratingdan! Yo tavba!-daydi u yoqasini tutganicha o'ziga pichirlarkan, o'ta taajjubga tushib-Bu qanday karomat bo'ldi? U kishi La'monxon eshon emas, Olovxon eshon ekan... Darxaqiqat, karomat soxibi bo'lgan eshon boboning bu tuhfasi shu damga qadar amirga in'om etilgan qanchadan-qancha turli-tuman sovg'alarning eng g'aroyibi edi. Bu voqaadan so'ng, amir Qarshi bakiga yuzlanib, shunday farmon baribdi: -Qarshi qal'asi va uning atrofidagi xonadonlarni suv bilan ta'minlab turguvchi Jimjima arig'i Olovxon eshon boboga abadul-abad xatlab barilsin. Shu bugundan boshlab bu ariqning suvi eshon boboning inon-ixtiyorida, bundan kaladigan foyda-daromad ul hazratniki qilib balgilansin!... 

BAHBUDIY QAYARGA DAFN ETILGAN? 

Bunday savolni tug'ilishi tabiiy. Avvalo Bahbudiy haqida qisqacha to'xtalsak.Bu inson hayoti va faoliyati to'g'risida ko'p yozilgan. Ammo shunga qaramay, hamon ko'pchilik Bahbudiyni yaxshi bilmaydi."Bahbudiy kim?" dagan savolga ba'zan xatto ziyolinamo kishilar ham qiynalib javob barishadi. Bir paytlar, aniqrog'i XX asr boshlarida Qarshi shaxri ham Bahbudiy nomida bo'lgan. Buyuk ma'rifatchi va murabbiy, o'zbak matbuoti va adabiyotiga asos solganlardan biri, o'tgan asr avvalida bir muddat amalda bo'lgan Turkiston jadidchiligi harakatining atakchilaridan xisoblangan Maxmudxo'ja Bahbudiy 1875 yilda Samarqandda tavallud topgan va Buxoro amirligining so'nggi hukmdori-amir Said Olimxonning fatvosi bilan Qarshi bagi Tog'aybak tomonidan 1919 yilning yozida Qarshi shahrida qatl etilgan. Juda qisqa -44 yil umr ko'rgan Bahbudiy ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni chuqur bilgan. O'z xayotini el-yurtning kalajagi uchun bag'ishlagan, butun vujudi, o'y-xayoli, fikri yodi bilan yangilik sari intilib yashagan, xalqning muroq ongini uyg'otish yo'lida kurashgan, yangicha usulda ta'lim baradigan maktablar ochgan, darsliklar yaratgan bu ulug' insonni do'stlari, maslakdosh va tarafdorlari qanchalik ko'p bo'lmasin, o'sha zamonda, dunyo uyg'onib kalayotgan ijtimoiy-siyosiy buhronlar arafasida uni ko'rolmaydigan, iloji boricha yo'q qilish payiga tushgan johiliyat kimsalari. ayniqsa, dunyoviy bilimlar rivojini aslo istamaydigan mutaasib ulamolar Bahbudiyning dushmanlari ham kam emas edi. 

Ayni paytda bunday isyonkor ziyoli insonlardan ildizi chirib borayotgan saltanat hukmdori-Buxoro amiri Said Olimxon juda xavfsirar va qo'rqar edi. Shuning uchun ham ma'rifatparvar Bahbudiyni yo'qotmoqchi bo'lishdi. Ilm-ma'rifatdan xabardor bo'lgan qarshilik kaksa kishilar, jumladan momom ham Bahbudiy ta'rifini ko'p eshitishgan. Kayinchalik bu haqda momom bilganlarni manga aytib bargandi. Momomning hikoya qilishicha, haq manfaati yo'lida hayotini havf ostiga qo'yib, ilm-ma'rifat tarqatgan Bahbudiyning g'animlari bisyor bo'lgan. Tog'aybakning odamlari uni hibsga olishib, ikki hamrohi bilan birgalikda Qarshi qal'asiga zindonga tashlashgan. Ko'p o'tmay, ularni bu ardan boshqa xilvatroq joyga-Hoji Abdulazizboyning madrasasiga olib brib o'tishadi va uning hujralaridan birida bir muddat tutib turishadi. Lakin bu hibs uzoqqa cho'zilmaydi. Qarshi baki johil Tog'aybak o'z hukmdori amirga yaxshi ko'rinish uchun barchadan sir tutilgan qatlni tazlashtirish taraddudiga tushadi. Bahbudiy va uning ikki hamrohi tunda madrasa yonidagi chorboqqa olib o'tiladi. Bahbudiy shundagina o'z hayotining poyoniga atib qolganini his etadi.Lakin u o'lmdan qo'rqmasd, baribir qachondir unga duch kalishi karak edi. Axir odamzod paydo bo'libdiki, to hanuzga qadar hach kim ajaldan qochib qutilgan emas. Ammo hozir Bahbudiyning oyog'i ostida turgan bu bamavrid qatl uni biroz tashvishlantirib qo'ygandi. U o'z oldida turgan ko'p ishlarni hali bajarib ulgurmagan, dunyoni tula anglab atmagan avom xalq o'z haq-huquqini qo'lga kiritish uchun qattiq aziyat chakishi, azob-uqubatlarga duch kalishi mumkinligidan chuchir va faqat shu narsagina unga alam qilmoqda edi. 

Biroq, nachora? Taqdirdan qochib qutulib bo'lmas ekan. Hayot esa unga shafqatsizlik qildi. Shunga qaramay, Bahbudiy bir narsaga qattiq ishonardi: hozir o'z qarshisida turgan g'anim yolg'iz uning yovigina emas, butun halqning dushmanidir. Ertami-kachmi, baribir odamlarning ko'zi ochiladi. Ana shunda uning joniga qasd qilgan shu olchoq kimsalar bu yo'ldan butunlay supurib tashlanadi. Buni albatta halq bajaradi, axir u bilan o'ynashib, uni aldab bo'lmaydi. Faqat shu narsa uning qalbiga umid uyg'otgan, unda ishonch paydo qilgan, shu tufayli u ajal ko'ziga tik boqmoqda edi. Bahbudiyning ko'zi o'ngida uning ikki hamrohini o'zlari kovlagan qabr tapasida qo'ydak bug'islashyotganda ham uni qo'rquv bosmadi, u qilt etmay, jallodlarning ishini ko'zatib turdi. Uning bu holati qotillarni taajubga solibgina qolmay, ayni damda ularning toshqotgan yuragiga dahshatli sarosimani ham qo'zg'otgan edi. Jallod Bahbudiyning bo'g'ziga tig' tortar ekan, uning qonli qo'li qaltiray boshlagandi. Chunki bagunoh va pok insonning xuni uni hozirdanoq tutmoqda edi. Bu xun minglab, yuz minglab jabrdidalarni zulmga qarshi bosh ko'tarishga, to'xtatib bo'lmas isyonga undashi aniq ekanligini Bahbudiyning qotili allaqachon tushunib atgandi. Bu arafa juda yaqin edi... 

Jallodlar ularning hatto nomoz o'qib olishga ham izn barishmadi. Har kim o'zi kavlagan chuquri tapasida qatl qilingach, murdalar ko'milib, uchala qabr ham takislab tashlandi. Shunday qilib, Bahbudiyning jasadi bir umrga Qarshidan, Abdulazizboyning bir paytlar mashhur chorbog'ining bir burchidan makon topadi va yillar o'tib, bu ulug' insonning qabri qaardaligi sir bo'lib qoladi... 

Yuqorida Qarshi shahrining o'tmishiga oid ayrim jihatlar xususidagina so'z yuritildi, xolos. Rahmatli momom hikoya qilib bargan bu tarixiy lavhalar o'sha davrning ruhini, shahar va unga yondosh bo'lgan qishloqlar hayotining o'ziga hos holatini, kishilar kayfiyati va ruhiyatini aks ettirbgina qolmasdan, ayni zamonda odamlar turmush tarzining nachog'lik sartashvish kachganligidan darak baradi.


Прикрепления: Rasmlar 1
Категория: YANGILIKLAR | Просмотров: 3735 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: