Главная » 2009 » Aprel » 16 » Tanlov yakunlandi
11:17:06
Tanlov yakunlandi
Bu yil mazkur an’anaviy tanlovning respublika bosqichi Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasining Ko‘hna Ark maydonida bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan saralangan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

Tanlovda “O‘lka tarixiga sayohat”, “Tarixiy manbalarimiz”, “Zukkolar musobaqasi” shartlari bo‘yicha ishtirokchi jamoalar bilimi sinovdan o‘tkazildi. “Uy vazifasi” shartiga ko‘ra o‘quvchilarning o‘zlari yashab turgan hududdagi urf-odatlar, to‘y va marosimlar bilan bog‘iq qo‘shiq, raqs, lapar hamda aytishuvlarni qay darajada bilishi, musiqa asboblarida kuy ijro etish mahoratiga baho berildi.
Barcha shartlar bo‘yicha peshqadamlik qilgan Farg‘ona viloyatining “Turon” hamda Qashqadaryo viloyatining “Sohibqiron” jamoalari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Xorazm hamda Jizzax viloyati jamoalari keyingi o‘rinlarni egalladi.


Категория: YANGILIKLAR | Просмотров: 1147 | Добавил: Ангелочка | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: