Ushbu mavzuda MS Windows uchun tekin programmalar berib boriladi.
Foydalanuvchilar o`zlari ham programmalar haqida ma'lumot bermoqchi bo`lsalar, bo`lim qoidalariga muvofiq xabar yaratishlari kerak.
Aks holda, xabar o`chirib tashlanadi yoki, ogohlantirish bilan jazolanadi.
Bu yerda programmalar tahlil qilinmaydi. Tahlil uchun yangi mavzu ochib, o`sha yerda muhokama qilinadi.
Sahifa: http://ccleaner.com
Yuklash: http://download.ccleaner.com/ccsetup134.exe
CCleaner Windows ning vaqtinchalik fayllari, siz Internetda ishlaganda yaratiladigan history, cookie, temp fayllarni tozalash, reyestrdagi xatoliklarni bartaraf qilish va boshqa muammolarni hal qilib beradi. Diskdagi bo`sh joyni ko`paytiradi, Windowsning ishlash tezligini oshiradi.
Internet Explorer, Firefox kabi brouzerlarning vaqtinchalik fayllari, saytlar tarixi, cookie, yashirin index.dat va h.k. fayllarni o`chirish
Korzina, Bufferni, Windowsning vaqtinchalik va *.log fayllarini tozalash
Turli programmalardan qolgan izlarni bartaraf etish
Reyestrdagi klasslar, ActiveX komponentlar, e'lon qilinmagan turlar va shunga o`xshagan reyestr xatoliklarini bartaraf etish
Autorunni tozalash
Programmalarni o`rnatish va o`chirishning tezkor usuli(Windows standart o`chirish programmasida programmalar ro`yxatini paydo bo`lishini ancha kutish kerak)
...
Programmani o`rnatuvchi faylining hajmi bor-yo`g`i 1.2 Mbayt chiqadi.