Men muhabbat atagan tuyg'u, Bozorlarda sotilmaydi, yor. U sen kutgan oniy bo'samas, Sho'rlik boshga erta yoqqan qor. Men muhabbat atagan tuyg'u, Ko'rgazmada turmas osilib. U ko'kdagi ilohiy kuchdir, Yurib bo'lmas ko'krakka ilib. Men muhabbat atagan tuyg'u, Tan olmaydi shuhratni-shonni. Har lahzada kechmog'im mumkin, Agar inkor etsa vijdonim meni.....
Rozimisan yoningda qolib, Tongga qadar ertak so'ylasam. Rozimisan mehringga qonib, O'lgunimcha baxting tilasam. Alloh madadkor bo'lsin! Omad yor bo'lsin!